Eng populyar
Start
$250
- Asosiy sahifa
- Siz haqingizda
- Mahsulot yoki xizmatlar
- Narxlar
- Mijozlar izohlari
- Aloqa ma'lumotlari
- Xaritada joylashuv
Sovg'a Xohlagan domeningiz — 1 yil bepul
Telegram'da yozishBekhruz Turobjonov / Software Engineer / 4+ yil
Bir havola yuborasiz — mijozda savol qolmaydi. Ishlaringiz, narxlaringiz va mijoz izohlari o'z joyida turadi. Siz esa «DM'ga yozing» deydiganlardan ajralib turasiz.
$250 dan domen 1 yil bepul
1-o'rin
ismingiz.uz
Ismingiz — fotograf, Toshkent
Ishlarim, narxlar, mijoz izohlari, aloqa va manzil.
Qidiruvdan kelgan odam o'sish
Nega sayt
Ish sifatingiz o'zgarmaydi — sizga bo'lgan munosabat o'zgaradi. Mijoz ishonchi ko'pincha shu yerda hal bo'ladi.
Sayti bor mutaxassis va faqat Instagram sahifasi bor mutaxassis bir xil ko'rilmaydi. Narxingizni ham boshqacha aytasiz.
Xizmat, narx, manzil — hammasi ochiq turadi. Mijoz ko'radi va to'g'ridan-to'g'ri buyuradi. Kuningiz javob yozish bilan o'tmaydi.
Ishlaringiz va izohlar bir joyda. Yangi odam sizni tanimasa ham, shular orqali ishonadi.
Hoziroq kimdir xizmatingizni yozib qidirmoqda. U kimni topadi — sizni yoki raqibingizni? Buni siz hal qilasiz.
Vizitkada, bio'da, taklifda. Kichik gap emas — bu sizni butunlay boshqa darajaga qo'yadi.
Akkaunt bloklandi, algoritm o'zgardi, sahifa yopildi — sizni topadigan manzil o'z joyida turadi.
Xizmatlar
Sizdan matn va rasm — qolgani mendan. Sayt tayyor, ishlab turgan va Google ko'radigan holda topshiriladi.
Narxlar
Har uchtasida sayt to'liq tayyor holda topshiriladi — domen, server va Google'ga qo'shish ichida.
Eng populyar
$250
Sovg'a Xohlagan domeningiz — 1 yil bepul
Telegram'da yozishTavsiya etaman
$500
Sovg'a Domen — 1 yil bepul
Sovg'a Server hosting — 1 oy bepul
Telegram'da yozish$700
Sovg'a 2 ta domen — 2 yil bepul
Sovg'a Server hosting — 3 oy bepul
Telegram'da yozishLoyiha kattaroq yoki nostandart bo'lsa — yozing, hajmiga qarab kelishamiz.
Jarayon
Telegram'da yozasiz. Savol beraman, mos tarifni aytaman.
Matn, rasm, logotip yuborasiz. Sahifalar tuzilmasini kelishamiz. Matnda ham yordam beraman.
Saytni yozaman, ko'rsataman. Tuzatamiz. Sizga yoqmasa — davom etmaymiz.
Domen, server, xavfsizlik va Google — hammasini sozlab, saytni internetga chiqaraman.
Sayt to'liq sizning nomingizda. Boshqarishni ko'rsataman — havolani ishlatishni bugundan boshlaysiz.
Savol-javob
Xizmatlaringiz haqida matn, rasmlar, logotip (bo'lsa), narxlar va aloqa. Matnni tuzishda ham yordam beraman — noldan yozishingiz shart emas.
Keyingi davr uchun yangilash kerak bo'ladi. Narxi domen turiga va serverga bog'liq. Muddat tugashidan oldin ogohlantiraman. Xohlasangiz, yangilashni men davom ettiraman — alohida kelishamiz.
Bo'ladi. Sayt kengaytirishga tayyor yoziladi, qayta ishlash kerak emas. Narxi sahifa hajmiga bog'liq.
Matn va rasmni qanday o'zgartirishni ko'rsataman. Tez-tez o'zgartirmoqchi bo'lsangiz (masalan, blog yozib borish uchun), boshqaruv paneli ham qo'shiladi — buni boshida aytishingiz kerak.
Ko'pincha kontentni kutish eng uzoq davom etadi. Matn va rasmlar tayyor bo'lsa, ish tez ketadi. Aniq muddatni tarif va hajmni ko'rgach aytaman — oldindan bo'sh gap bermayman.
Ishlayman. Ish masofadan boradi, aloqa Telegram orqali. Domen va server mijozlaringiz qaysi mamlakatda bo'lsa, shunga qarab tanlanadi.
Shartlarni Telegram'da, ish hajmiga qarab kelishamiz. Yuqoridagi summadan tashqari yashirin to'lov yo'q.
Bog'lanish
Nima kerakligini bilmasangiz ham yozing. Savol beraman, nima mos kelishini aytaman. Kun ichida javob beraman.