Bekhruz Turobjonov / Software Engineer / 4+ yil

Brendingiz o'zingizga yarasha ko'rinsin.

Bir havola yuborasiz — mijozda savol qolmaydi. Ishlaringiz, narxlaringiz va mijoz izohlari o'z joyida turadi. Siz esa «DM'ga yozing» deydiganlardan ajralib turasiz.

$250 $150 dan −40% domen 1 yil bepul

Aksiya

gacha

  • Domen
  • Server
  • Xavfsizlik
  • Google'ga qo'shish
  • Mobil
toshkentda fotograf
  1. 1-o'rin

    ismingiz.uz

    Ismingiz — fotograf, Toshkent

    Ishlarim, narxlar, mijoz izohlari, aloqa va manzil.

Qidiruvdan kelgan odam o'sish

Odam xizmatingizni qidiradi — sahifangiz javob bo'ladi. Grafik tasvir uchun: natija sohaga va raqobatga bog'liq.

Odamlar sizni boshqacha ko'radi

Ish sifatingiz o'zgarmaydi — sizga bo'lgan munosabat o'zgaradi. Mijoz ishonchi ko'pincha shu yerda hal bo'ladi.

  • Sizni jiddiy qabul qilishadi

    Sayti bor mutaxassis va faqat Instagram sahifasi bor mutaxassis bir xil ko'rilmaydi. Narxingizni ham boshqacha aytasiz.

  • «Qancha?» deb so'ramaydi

    Xizmat, narx, manzil — hammasi ochiq turadi. Mijoz ko'radi va to'g'ridan-to'g'ri buyuradi. Kuningiz javob yozish bilan o'tmaydi.

  • Mijozlar bir-biriga ko'rsatadi

    Ishlaringiz va izohlar bir joyda. Yangi odam sizni tanimasa ham, shular orqali ishonadi.

  • Sizni qidirayotgan odam bor

    Hoziroq kimdir xizmatingizni yozib qidirmoqda. U kimni topadi — sizni yoki raqibingizni? Buni siz hal qilasiz.

  • «Mening saytim» deb aytasiz

    Vizitkada, bio'da, taklifda. Kichik gap emas — bu sizni butunlay boshqa darajaga qo'yadi.

  • Mijozlaringiz yo'qolmaydi

    Akkaunt bloklandi, algoritm o'zgardi, sahifa yopildi — sizni topadigan manzil o'z joyida turadi.

Texnik tomonini o'ylamaysiz

Sizdan matn va rasm — qolgani mendan. Sayt tayyor, ishlab turgan va Google ko'radigan holda topshiriladi.

  • Mijoz kutib qolmaydi

    Sekin sayt yopiladi — odam ketadi. Sizning saytingiz bir zumda ochiladi. Qo'lda yozilgan kod, konstruktor emas.

  • O'z nomingizdagi manzil

    ismingiz.uz — esda qoladi va jiddiy ko'rinadi. Xohlagan nomni tanlaysiz. Domenni ro'yxatdan o'tkazish va DNS menda.

  • Sayt doim ishlab turadi

    Mijoz kelgan payt sayt ochilmasa — u qaytib kelmaydi. Bunday bo'lmasligiga ishonch hosil qilaman. Server sozlash va joylashtirish menda.

  • Brauzerda qulf belgisi

    Mijoz saytga kirib «xavfsiz» deb ko'radi. Ishonch mana shunday mayda narsalardan yig'iladi. SSL sertifikat, o'zi yangilanadi.

  • Google sizni ko'radi

    Sayt qilib qo'yish yetmaydi — Google uni bilishi kerak. Shuni ham qilib beraman. Search Console, sitemap, indeksatsiya tekshiruvi.

  • Telefonda ham chiroyli

    Mijozlaringizning ko'pi telefondan kiradi. Sayt ularda buzilib ko'rinmaydi. Mobil optimizatsiya.

Uch tarif. Yashirin to'lov yo'q.

Har uchtasida sayt to'liq tayyor holda topshiriladi — domen, server va Google'ga qo'shish ichida.

Aksiya

Bu narxlar kuni tugaydi

Start

$250 $150 −40%

Bir sahifali sayt

$100 tejaysiz

  • Asosiy sahifa
  • Siz haqingizda
  • Mahsulot yoki xizmatlar
  • Narxlar
  • Mijozlar izohlari
  • Aloqa ma'lumotlari
  • Xaritada joylashuv

Sovg'a Xohlagan domeningiz — 1 yil bepul

Telegram'da yozish

Pro

$700 $500 −28%

8 sahifali sayt

$200 tejaysiz

  • Businessdagi hamma narsa — 8 ta sahifada
  • Blog yoki portfolio uchun joy
  • Har xizmatga alohida sahifa

Sovg'a 2 ta domen — 2 yil bepul

Sovg'a Server hosting — 3 oy bepul

Telegram'da yozish

Loyiha kattaroq yoki nostandart bo'lsa — yozing, hajmiga qarab kelishamiz.

Qanday ishlaymiz

  1. Bog'lanish

    Telegram'da yozasiz. Savol beraman, mos tarifni aytaman.

  2. Kontent va tuzilma

    Matn, rasm, logotip yuborasiz. Sahifalar tuzilmasini kelishamiz. Matnda ham yordam beraman.

  3. Yozish

    Saytni yozaman, ko'rsataman. Tuzatamiz. Sizga yoqmasa — davom etmaymiz.

  4. Ishga tushirish

    Domen, server, xavfsizlik va Google — hammasini sozlab, saytni internetga chiqaraman.

  5. Topshirish

    Sayt to'liq sizning nomingizda. Boshqarishni ko'rsataman — havolani ishlatishni bugundan boshlaysiz.

Ko'p beriladigan savollar

Mendan nima kerak?

Xizmatlaringiz haqida matn, rasmlar, logotip (bo'lsa), narxlar va aloqa. Matnni tuzishda ham yordam beraman — noldan yozishingiz shart emas.

Bepul domen va hosting tugagach nima bo'ladi?

Keyingi davr uchun yangilash kerak bo'ladi. Narxi domen turiga va serverga bog'liq. Muddat tugashidan oldin ogohlantiraman. Xohlasangiz, yangilashni men davom ettiraman — alohida kelishamiz.

Keyinroq yangi sahifa qo'shsam bo'ladimi?

Bo'ladi. Sayt kengaytirishga tayyor yoziladi, qayta ishlash kerak emas. Narxi sahifa hajmiga bog'liq.

Kontentni o'zim tahrirlay olamanmi?

Matn va rasmni qanday o'zgartirishni ko'rsataman. Tez-tez o'zgartirmoqchi bo'lsangiz (masalan, blog yozib borish uchun), boshqaruv paneli ham qo'shiladi — buni boshida aytishingiz kerak.

Qancha vaqt oladi?

Ko'pincha kontentni kutish eng uzoq davom etadi. Matn va rasmlar tayyor bo'lsa, ish tez ketadi. Aniq muddatni tarif va hajmni ko'rgach aytaman — oldindan bo'sh gap bermayman.

O'zbekistondan tashqarida ishlaysizmi?

Ishlayman. Ish masofadan boradi, aloqa Telegram orqali. Domen va server mijozlaringiz qaysi mamlakatda bo'lsa, shunga qarab tanlanadi.

To'lov qanday?

Shartlarni Telegram'da, ish hajmiga qarab kelishamiz. Yuqoridagi summadan tashqari yashirin to'lov yo'q.

Boshlaymizmi?

Nima kerakligini bilmasangiz ham yozing. Savol beraman, nima mos kelishini aytaman. Kun ichida javob beraman.